Keyingi paytlarda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi hisob-kitobiga oid yо‘llanayotgan murojaatlar hamda bu bо‘yicha kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida joriy yil 11-iyul kuni soat 10:00 da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida press-tur tashkil etilmoqda.
Press-tur davomida mutaxassislar tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorati yuritilishi hamda iste’molchilardan kelib tushayotgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlar beriladi.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur berk kо‘chasi, 6-uy.
Mо‘ljal – avvalgi Maktabgacha ta’lim agentligi binosi oldi.