Andijon tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
11.07.2024
141
Охирги янгиликлар