Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda
Bu yil “Tashabbusli byudjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratildi.
Lekin uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.
Shu oyni o‘zida “Tashabbusli byudjet”ga viloyat byudjetidan hozirgacha berilmagan mablag‘larni o‘tkazib berish topshirildi.
Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yo‘l masalasi hal bo‘ladi.
Umuman, tumanlar mahalliy byudjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
12.07.2024
169
Охирги янгиликлар