Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “I.N.” va “Q.A.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari yer maydonini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur va Jomboy tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT D.A., “S.B.” hamda “T.S.H.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 245 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.