“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Guliston tumanida “B.G‘.O.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichsiz yashirincha ulab, jami 88,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shu kabi, Mirzaobod va Xovos tumanlarida “S.B.” MCHJ va “M.S.F.” xususiy korxonasi rahbar shaxslari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi taʼsir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 160 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.