Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan “I.S.T.” MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
15.07.2024
126
Охирги янгиликлар