Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Paxtakor tumanida joylashgan “U. S. N.” fermer xo‘jaligi hamda Yangiobod tumanidagi “L. M.” fermer xo‘jaliklariga qarashli suv nasoslarining elektr hisoblagichlariga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, jami 294,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Shuningdek, G‘allaorol tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “N.S.F.” MChJga qarashli choyxonaning gaz hisoblash uskunasidan oldin rezina shlang orqali o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib, jami 83,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.