![](/uploads/76dd447f-d0d4-24a4-a795-4451a19fd3b4_news_.jpg)
Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari qatnashyapti. Shuningdek, qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.
![](https://telegra.ph/file/41cffd852abc3d693ff66.jpg)
2025-yilda yagona energotizimga ulanishi ko‘zda tutilgan mazkur bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha yana 8,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishiladi.
Ahamiyatlisi, yuqori tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hisobiga yiliga 600 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
![](https://telegra.ph/file/1b43bf3f9d4eb67d7bdfe.jpg)
Ayni paytda bug‘-gaz qurilmalarining turbina poydevorlari bilan bog‘liq armatura va beton ishlari yakunlangan.
Ma’lumot o‘rnida, qurilishda 1 ming 684 nafar mutaxassis, shu jumladan 1 ming 500 nafar mahalliy ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.
![](/img/view_icon.png)