Ta’kidlanganidek, o‘tgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritildi. O‘sish - 2,1 barobar.
Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas.
Bu to‘qimachilik, charm, farmasevtika tarmoqlarida, Sirdaryo va Buxoroda 2 dollarga, Toshkent shahri, Surxondaryo, Jizzaxda esa 2,5 dollarga yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yoki, har 1 ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumini o‘rtacha 600 dollarga oshirgan bo‘lsa, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda bu 300 dollardan kam.
Mutasaddilarga investitsiya loyihalari dasturini shakllantirishda ularni puxta tahlil qilish, qo‘shilgan qiymatni karrasiga oshiradiganlarini kiritish topshirildi.