Joriy yilda sanoat zonalari infratuzilmasi uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan
Sohalar rivoji uchun Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasidan berilgan 650 million dollar arzon resurs, banklarda xorijdan jalb qilingan 1 milliard dollar mablag‘ ishlatilmasdan turgani ko‘rsatib o‘tildi. Yil yakunigacha bu mablag‘lardan to‘liq foydalanib, loyihalarni amalga oshirish topshirildi.
Joriy yilda sanoat zonalari infratuzilmasi uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Buning hisobidan sanoat zonalaridagi 79 ta infratuzilma obyektlarini to‘liq foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi.
Hududlardagi yirik loyihalarni infratuzilmaga ulashni tezlashtirish maqsadida qiymati 200 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan loyihalar uchun infratuzilma qurib berish tartibini soddalashtirish zarurligi qayd etildi.
17.07.2024
85
Охирги янгиликлар