O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish

Сайт бўйича қидирув

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Rasmiy munosabat: yuridik iste’molchilar tomonidan taklif etilgan quvvatga asosan elektr energiyasi yetkazib beriladi. Energetika korxonalarining yagona maqsadi – iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • Rasmiy munosabat: yuridik iste’molchilar tomonidan taklif etilgan quvvatga asosan elektr energiyasi yetkazib beriladi. Energetika korxonalarining yagona maqsadi – iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarda belgilangan limitdan oshgan har bir kVt uchun ikki barobar miqdorda mablag‘ undirilayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 85-bandiga asosan, hisob-kitob davrida yuridik iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 10 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undirilishi qayd etilgan.

Shu bilan bir qatorda, mazkur qoidalarning 5-bandiga asosan, iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmi o‘zgarishi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish, bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini o‘zgartirish bo‘yicha taklif hisobot oyi boshlanishidan 10 kun oldin berilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlash joizki, amaldagi bu tartib joriy yilda emas, oldingi meyoriy hujjatlarda ham (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori 67-bandi) qayd etilgan bo‘lib, yuridik iste’molchilarning doimiy iste’mol quvvatlari shartnoma bandlarida keltirib o‘tilgan.

Ushbu amaldagi tartibni ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasida ham kuzatish mumkin. Misol uchun, Xitoy, Turkiya va Rossiya kabi davlatlarda iste’molchilarning shartnomada belgilangan miqdordan oshganda elektr energiyasi keyingi diapazonning yuqori narxlarida to‘lanadi.

Ma’lumki, elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar hisoblanadi. Ya’ni, iste’molchi tomonidan iste’mol qilishga ruxsat etilgan quvvatning oshirilishi tufayli avariya holati yuzaga kelishi yoki elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga zarar yetkazishi holatlarini hisobga olgan holda, yuridik iste’molchilar tomonidan aniq iste’mol quvvatlari bo‘yicha kelishiladi hamda shu asosda elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Bundan asosiy maqsad – energetika obyektlarining ichki tarmoq elektr energiyasi iste’molining prognozi, ya’ni korxonalarning elektr energiyasi ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan obyektlarga uzatish bo‘yicha texnologik sarfi har yili umumlashtiriladi hamda kelgusi yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

Bugungi kunda elektr energiyasining katta qismi (75-80 foizi) qimmatli xomashyo hisoblanadigan tabiiy gazni yoqish hisobiga ishlab chiqariladi. Bu jarayonda issiqlik elektr stansiyalari ham shartnoma shartlariga asosan tabiiy gazni xarid qiladi va uni yoqib, elektr energiya ishlab chiqaradi.

Shu bois, yil boshida barcha yuridik iste’molchilar tomonidan berilgan takliflarga asosan (tadbirkorlik subyektlarining takliflari ham) elektr energiyasini ishlab chiqarish balansi tasdiqlanadi va shu bo‘yicha gaz qazib chiqaruvchi, yetkazib beruvchi, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro shartnoma imzolanib, ishlar tashkil qilinadi. Bunda tadbirkor avval o‘zi bergan elektr energiyasi talabidagi hajmni oshirganda elektr stansiyasi yana qo‘shimcha yoqilg‘i xarid qilish uchun shartnoma tuzadi va bunda u ham bozor munosabatlarida xarid qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ta’kidlanganidek, elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilib, iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadi. Agar belgilangan normalardan ortiqcha yoki kam ishlab chiqarilsa, umumiy energetika tizimida muvozanat yo‘qolishi va buning natijasida yirik hajmdagi avariyalarga olib kelishi mumkin. Shu bois, elektr energiyasini ishlab chiarish va yetkazib berishda alohida iste’mol balanslari shakllantirilgan holda ishlar olib boriladi.

Qayd etish lozimki, yuqoridagi tartib-qoidalarning joriy etilganligi muammolarni boshqalarning hisobidan yechish emas. Aksincha, barcha energetika korxonalarining yagona maqsadi – iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish hisoblanadi.

18.07.2024
444
Охирги янгиликлар
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
24.07.2024
8954
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
15.07.2024
6445
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
30.05.2024
8035
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2025 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-231-81-18
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг