IEA hisob-kitoblariga koʻra, jahonda elektr energiyasi generatsiyasi 2025-yilda ham 4 foiz oshadi
Xalqaro energiya agentligi (IEA)ning prognoziga koʻra, iqtisodiy oʻsish, issiqlikni taʼminlash hamda toʻlqinli sovitish uchun talabning ortishi, maʼlumotlar markazlarining jadal rivojlanishi va izchil davom etayotgan elektrlashtirish tufayli 2024-yil hamda kelgusi yilda elektr energiyasiga global talab oxirgi 20-yildagiga nisbatan eng yuqori darajaga chiqadi.
Xususan, elektr energiyasiga boʻlgan global talab oʻtgan yildagi 2,5 foizdan bu yil taxminan 4 foizga yetishi kutilyapti.
Mazkur kutilma 2008-yildagi moliyaviy inqiroz va COVIDdan tiklanishni hisobga olmaganda, 2007-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich boʻladi.
IEA hisob-kitoblariga koʻra, jahonda elektr energiyasi generatsiyasi 2025-yilda ham 4 foiz oshadi.
19.07.2024
96
Охирги янгиликлар