Buxoro tumanida 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Buxoro tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “B.” MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
21.07.2024
96
Охирги янгиликлар