Andijon viloyatida tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mlik yoqilg‘isini qo‘lga kiritgan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ rahbari D.Yu. (muqaddam sudlangan) “F.” MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd so‘mlik A-95 markadagi benzin yoqilg‘isini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarning sotuvidan tushgan mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
21.07.2024
202
Охирги янгиликлар