Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Guliston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. “Sultonravot” MFY hududidagi turarjoy binosida “ArtMiner S9” rusumli mayning qurilmasini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.