KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli Korean Research Institute of Chemical Technology (Koreya ilmiy-tadqiqot kimyo-texnologiya instituti) oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) hamda doktorlik (PhD, 5 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida taʼlim olish uchun tanlov eʼlon qildi.
Barcha xarajatlar hamkor tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya - Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo-texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Hujjatlar 2024-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefonlar:
+998935606266
+998971363532
Hujjatlarni onlayn yuborish uchun havola
Elektron manzil: empark@krict.re.kr