Bosh prokuratura: Buxoro shahrida bitta MCHJ 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika va hududiy Shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Buxoro shahridagi “B.B.C” MCHJ rahbari B.I. ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksida qurilish ishlari uchun elektr energiyasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 433,5 mln so‘mlik 481,6 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “B.B.C” MCHJ rahbari B.I. ga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
31.07.2024
187
Охирги янгиликлар