Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Bulung‘ur tumanidagi “E.G.D.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga tok transformatori koeffisentini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatib, 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “E.G.D.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.