Bugun, 2-avgust kuni soat 13:58 da Yunusobod va Shayxotohur tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35 kV kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘i shikastlangan.
Buning natijasida Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida (AOKA binosida ham) elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan. AOKA binosidagi maxsus elektr generatori ishga qo‘shilib, media-tadbirlar davom ettirilgan.
Mazkur nosozlik “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tasarrufidagi Yunusobod TETKning tezkor chiqish brigadalari tomonidan soat 16:10 da bartaraf etilib, elektr ta’minoti tiklangan.
Favqulodda nosozlik sabab elektr ta’minotida kuzatilgan uzilish natajasida keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.