Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika hamda hududiy Shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishining fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Bulung‘ur tumanidagi “B.B.G.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi uskunalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, 1 mlrd 3 mln so‘mlik 1 mln 145 ming kVt•soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “B.B.G.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari albatta fosh etiladi hamda jazo muqarrarligi ta’minlanadi.