O‘zbekiston tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida 304,8 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “F.M.” MCHJ mas’ul shaxslari O‘zbekiston tumani “Qaynar” MFY hududidagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga avtomatik o‘chirib yoqish qurilmasini o‘rnatib, 304,8 ming kub metr tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
07.08.2024
136
Охирги янгиликлар