Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.i.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz sarfi 96,93 kub metr bo‘lgan uskunalarni tarmoqqa hisoblagichdan tashqari ulab, 200,3 ming kub metr tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 520,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan tuman gaz ta’minoti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro K.A. noqonuniy sex tashkil etib, 1 dona isitish qozonini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 267,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.