Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishining fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Gurlan tumanidagi “X.Sh.” MCHJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasi ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatib, 4 mlrd 786 mln so‘mlik 5 mln 318 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “X.Sh.” MCHJ rahbari E.S. ga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari albatta fosh etiladi hamda jazo muqarrarligi ta’minlanadi.