“HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti, aslida haqdor boʻlib, lekin qarzdor koʻrinayotgan isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan “HET BILLING” tizimida texnik ishlar olib borilyapti.
Shu bois ayrim isteʼmolchilarda aslida haqdor boʻlsa-da, tizimda qarzdorlik koʻrinishi holatlari uchramoqda.
Mazkur holatda isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi. Shuningdek, texnik ishlar yakunlangach, ushbu muammo bartaraf etilishini maʼlum qilamiz.
Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
09.08.2024
193
Охирги янгиликлар