Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.K.” MCHJ ish boshqaruvchisi I.P. quvvati 12 kVt⋅soat bo‘lgan suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin yo‘llar bilan ulab, jami 121,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.O. umumiy ovqatlanish shoxobchasi sifatida foydalanib kelayotgan noturar binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 97,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.