Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Shu bilan bir qatorda, ayrim isteʼmolchilarda bunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritishganda o‘tgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani to‘g‘risida videoxabarlar tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Maʼlumki, “Hududiy elektr tarmoqlari ” АJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan yangilangan “HET BILLING” dasturiy kompleksi tashkil etildi.
Аyni shu jarayonda eski tizimdan isteʼmolchilarning arxiv maʼlumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim isteʼmolchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqayotganligini maʼlum qilamiz. Bunday noaniqliklar aniqlangan hududlarda ayni paytda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilamiz.