Toshkent tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tumani bo‘limlari, viloyat IIBB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. tumandagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yiog‘ini hududidagi xonadonida tijorat maqsadida 3 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
19.08.2024
70
Охирги янгиликлар