Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga oʻrnatilgan limit oshib ketsa, toʻlov 2 karra koʻp undirilayotganidan norozi boʻlmoqda
Sanoatimizning oʻsishiga taʼsir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi.
Endi, elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar isteʼmol 20 foizdan oʻtib ketsa, oshgan qismiga toʻlov 20 foiz qimmatlashadi.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “oʻrta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan toʻlovni bir oyda ikkiga boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qoʻyilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga toʻlov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish toʻxtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.
Endilikda “inkasso” boʻlganda ham, kommunal xizmatlarga toʻlovlar toʻxtatilmaydi.
20.08.2024
142
Охирги янгиликлар