Avstraliya dunyodagi eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqarish markazini quradi
Avstraliya hukumati mamlakat shimolidagi 3 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqarish markazini qurish bo‘yicha “SunCable” loyihasini ma’qulladi va kelajakda ishlab chiqarilgan energiyaning bir qismi suvosti kabeli orqali Singapurga eksport qilinadi.
Markaz Avstraliyani “yashil” energiya sohasida jahon yetakchisiga aylantiruvchi dunyodagi eng yirik quyosh loyihasi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Shimoliy hududda 12 ming gektar maydonda 6 GVtgacha qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega quyosh panellari va akkumulyatorlarga ega markaz qurilishi kutilmoqda.
22.08.2024
72
Охирги янгиликлар