Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika hamda hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarining talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Marg‘ilon shahridagi “Sh.I.D.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli atlas va adras matolari ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan gaz qurilmalarini hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz tarmog‘iga ulab, 521 mln so‘mlik 200,3 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “Sh.I.D.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan 521 mln so‘mlik zarar tergov harakatlari davomida to‘liq undirildi.