O‘rta Chirchiq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht ishlab chiqarish zavodi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida “S.B.” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodida o‘tkazilgan o‘rganishda MCHJ rahbari X.R. tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 132,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
23.08.2024
91
Охирги янгиликлар