Energetika vazirligida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Energetika vazirligi markaziy apparati va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
23.08.2024
65
Охирги янгиликлар