O‘rta Chirchiq tumanida 119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “T.R.” ga qarashli ishlab chiqarish sexida fuqaro S.J. tijorat maqsadida 3 ta alyuminiy eritish qozonlarini o‘rta bosimli aholi gaz tarmog‘iga qo‘lbola gaz so‘rg‘ich moslamasi yordamida yashirincha ulab, 119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 214,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
27.08.2024
156
Охирги янгиликлар