Avval xabar berilganidek, 2020-yildan 2023-yilgacha Fargona NQIZ da yuqori konsentratsiyali vodorod ishlab chiqarish, yengil nafta Izomerizatsiyasi hamda vakuum distillyatlari va asfaltsizlantirilgan moy fraktsiyasi Gidrokrekingi kabi yangi qurilma va jarayonlarni loyihalash, jihoz va materiallarni sotib olish, qurish va ishga tushirish buyicha kompleks ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga muvofiq belgilangan vazifalar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu tariqa, Fransiya davlatining “Axens” kompaniyasi bilan dastlabki ishlarni bajarish hamda Gidrokreking va Izomerizatsiya qurilmalarini litsenziyalash va loyihalash bo‘yicha, “Amec Foster Wheeler - WOOD” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan litsenziyalanmaydigan qurilmalarni loyihalash va FEED bazaviy loyihasini ishlab chiqish, “Axens” (Fransiya) kompaniyasi bilan dizel yoqilg‘isini gidrotozalashga mo‘ljallangan yangi katalizatorni ishlab chiqarish va yetkazib berish, eski katalizatorni zamonaviy va samarador katalizatorga almashtirish magsadida, “Argus Media” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan asos va tovar moylarining bozorida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, “UzLiTi-Engineering” MCHJ QK bilan loyihaning Texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish hamda "O'zGASHKLITI" DUK bilan qurilish maydonlarida muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro shartnomalar imzolandi.
Ushbu shartnomalar doirasida loyihalash uchun uglevodorod hom-ashyosi tarkibi tasdiqlandi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining kelajakdagi konfiguratsiyasi va yiliga 2 million tonna uglevodorod xom-ashyosini qayta ishlash uchun yangi litsenziyalangan qurilmalarning talab etilgan quvvatlari aniqlandi, shuningdek, amalga oshirilgan dastlabki ishlar va ishlab chigilgan LP model bo‘yicha yakuniy hisobot tayyorlandi. Yangi texnologik qurilmalarining loyiha hujjatlari paketini ishlab chiqish hamda bazaviy loyihalash (FEED), shuningdek, mavjud qurilmalar va energiya inshootlarini rekonstruktsiya qilish yuzasidan loyihaviy qarorlar ishlab chiqish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Litsenziar “Axens” va FEED pudratchi - Amec Foster Wheeler - WOOD ishtirokida boshlang‘ich yig‘ilishlar (FEED и PDP Kick off meeting) o‘tkazildi.
Bundan tashqari, investitsion loyiha doirasida, FEED bazaviy loyihasini muvofiqlashtirish hamda loyihani atrof-muhitga ta'sirni baholash hujjatlarini ishlab chiqish uchun tanlov asosida mahalliy institut va tashkilotlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida buxgalteriya hisobi, hujjat aylanishi va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy ta'minoti hamda raqamli tehnologiyalarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda (birinchi bosqichni amalga oshirish 2020 yilga mo‘ljallangan).
Ta’kidlash lozimki, dizel yoqilg‘isini gidrotozalashga mo‘ljallangan katalizatorni almashtirish natijasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yilning 4-choragida, yevropaning sifat bo‘yicha zamonaviy standartlariga muvofiq dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish ishlari davom etmoqda.
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” Matbuot xizmati