O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish

Сайт бўйича қидирув

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Тошкент вилоятининг Қибрай туманида жойлашган “Қодирия гидроэлектр станциясияси -3”да модернизация ишлари якунланди
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • Тошкент вилоятининг Қибрай туманида жойлашган “Қодирия гидроэлектр станциясияси -3”да модернизация ишлари якунланди

“Ўзбекгидроэнерго” АЖ мамлакатимизнинг табиий сув ресурсларидан самарали фойдаланиб, халқимиз хонадонларидаги ёруғлик манбаи барқарорлигини, аҳолини қайта тикланадиган, экологик тоза ва арзон электр энергияси билан узлуксиз таъминлаш жараёнига муносиб ҳисса қўшиб келмоқда.

Юртимизда мураккаб пандимия сабаб жорий этилган қатъий карантин шароитида ҳам, тизимли ишлар олиб борилиб, Жамият билан ҳамкорлик қилаётган ХХР дан соҳа мутахасисларнинг бир гуруҳи Қодирия ГЭС-3 модернизациясига жалб қилинди ҳамда ҳукумат ёрдами билан Ўзбекистонга етиб келишди. Бу эса ўз навбатида, ГЭСда режага биноан ўз вақтида модернизация ишларининг тугалланишида муҳим ўрин тутди.

2020 йил 29 июль куни Чирчиқ-Бўзсув сув-энергетик трактидаги “Қодирия ГЭСлар каскади” унитар корхонаси таркибидаги Қодирия ГЭС (ГЭС-3) да олиб борилган модернизация жараёнлари якунлари ҳамда ушбу ГЭСнинг ишга туширилишига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.

Ушбу тадбирда “Ўзбекгидроэнерго” АЖ раҳбарияти, “Қодирия ГЭСлар каскади” УК масъул вакиллари ҳамда хорижий мутахассислар иштирок этди. Қайд этиш жоизки, 1933 йилда қурилган мазкур ГЭСнинг ўрнатилган умумий қуввати 13,2 МВт дан иборат. Қарийб 85 йилдан буён ишлаб келаётган ГЭСнинг 4 та агрегати ишлаш қувватини самарадорлигини йўқотиб, таъмирга муҳтож бўлиб қолган эди. 


Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан 2017 йилда Қодирия ГЭС (ГЭС-3) модернизацияси бўйича тегишли қарор қабул қилиниб, 2017 йилнинг декабрь ойида белгиланган лойиҳа асосида қурилиш ишлари бошлаб юборилган эди. Қарийб уч йил мобайнида ГЭСда инвестициявий лойиҳалар асосида, босқичма-босқич модернизация ишлари олиб борилди.

Режа асосидаги модернизация ишлари мобайнида ГЭСда қурилиш-монтаж, техник қурилмаларни йиғиш ва ўрнатиш, эҳтиёт қисмларни бутлаш ишлари изчиллик билан олиб борилди.


Асосий гидротехник жиҳозлар Хитой Халқ Республикасининг етакчи компанияси “Dongfang Electric International Corporation” томонидан ишлаб чиқилган бўлиб, ушбу техник жиҳозлаш, техник қурилмаларни йиғиш, эҳтиёт қисмларни бутлаш ишлари хорижий ва маҳаллий малакали мутахассислар томонидан амалга оширилди.

Лойиҳалаштириш ишлари тизим ташкилоти ҳисобланган “Гидропроект” АЖнинг малакали мутахассислари томонидан бажарилди. Яна бир тизим ташкилоти ҳисобланган “Сувсаноатмаш” АЖ томонидан модернизация жараёнида ишлатиладиган зарур техник жиҳозлар етказиб берилди. Шунингдек, “Ўзбекгидроэнергоқурилиш” АЖ томонидан ўзига ажратилган объектларда режали тартибда, босқичма-босқич ҳамда изчил равишда қурилиш ишлари амалга оширилди.

 


Модернизация ишлари якунланганидан сўнг, ГЭСнинг умумий қуввати 15,34 МВт га етказилди. ГЭСнинг йиллик ўртача электр энергияси ишлаб чиқариш кўрсаткичи 124 млн.кВт.соатга етказилиши кўзда тутилмоқда.

Алоҳида қайд этиш жоизки, Қодирия ГЭС (ГЭС-3) модернизацияси лойиҳасида туну-кун тартибидаги иш жараёнлари ташкил этилиб, ишчи-ходимлар томонидан изчил ва самарали фаолият олиб борилди. Айниқса, дунё давлатлари қатори мамлакатимизда ҳам ҳукм сураётган таҳликали ва мураккаб коронавирус пандемияси шароитида “Ўзбекгидроэнерго” АЖ ва тизим ташкилотларининг фидойи, матонатли фаолиятини алоҳида таъкидлаш лозим. Ушбу мураккаб вазиятда, соҳа мутахассислари барча карантин қоидаларига тўла риоя қилган ҳолда, модернизация ишларини режа асосида якунлаш жараёнида бор куч-ғайратларини аямасдан, жонбозлик кўрсатишди.


Соҳа мутахассисларининг жонкуярлиги, фидойилиги ҳамда самарали меҳнатлари натижасида юртимизнинг гидроэнергетика салоҳияти янада юксалмоқда.

Гидроэнергетика соҳасининг тараққиёти мамлакатимизда электр энергияси ишлаб чиқариш қувватларини ошириш билан бирга, янги ГЭСлар қурилаётган, модернизация қилинаётган гидротехник иншоотлар жойлашган ҳудудлар аҳолисининг турмуш фаровонлигини ошишига, ишлаб чиқариш субъектларининг электр қувватлари билан таъминланишига, том маънода, халқимиз фаровонлигини ортишига мустаҳкам замин яратади.


“Ўзбекгидроэнерго” АЖ Ахборот хизмати

30.07.2020
1008
Охирги янгиликлар
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
24.07.2024
9401
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
15.07.2024
6704
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
30.05.2024
8286
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2025 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-231-81-18
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг