
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiya orqali yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Ushbu mega loyihaning umumiy qiymati 600 mln dollarni tashkil etib, yuz foiz xorijiy insevtitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushgandan so‘ng 30 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
