Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishi doirasida, korporativ ijtimoiy mas’uliyatni (corporate social responsibility – CSR) oshirish maqsadida kompaniya tomonidan respublikaning olis hududlarida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari (maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti va shifoxonalar) hamda “temir daftar”ga kiritilgan xonadonlar binolariga kichik quvvatli quyosh tizimlarini beg‘araz yordam sifatida o‘rnatish ishlari boshlandi.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab ijtimoiy soha obyektlari va “temir daftar”ga kiritilgan oilalar uylarida umumiy quvvati 20 MVt boʻlgan kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini oʻrnatishni nazarda tutuvchi “CSR” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur loyiha doirasida “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan uchinchi bosqichda Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridagi ijtimoiy soha obyektlari binolari va “temir daftar”ga kiritilgan oilalar uylari tomlariga umumiy quvvati 7 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini (QFES) o‘rnatish bo‘yicha “TD-ACWP-CSR-03” tenderi e’lon qilindi.
Tender shartlari va texnik topshiriqlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun tender hujjatlari bilan tanishishingiz mumkin.
Tenderda QFES o‘rnatish sohasida tajribaga ega bo‘lgan kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
Tenderda ishtirok etmoqchi bo‘lgan kompaniyalar texnik va moliyaviy takliflarni 2024-yil 11-mart soat 17:00 ga qadar tender komissiyasiga quyidagi manzil bo‘yicha topshirishlari kerak:
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2-B, 2-bino.
Bog‘lanish uchun: +998970729000
Elektron pochta: renenergyservice@gmail.com