Qarorga ko‘ra, quyidagilar “112” yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
➖fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;
➖shoshilinch yordam ko‘rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
➖vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o‘rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo‘yicha tezkor o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
“112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:
2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;
2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.